» » Kim Chen In Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini to‘xtatib turishga qaror qildi

Kim Chen In Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini to‘xtatib turishga qaror qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyaga nisbatan harbiy harakatlarni amalga oshirish rejasini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda u Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yig‘ilishda harbiy siyosatning asosiy loyihalari, Markaziy harbiy qo‘mitaning beshinchi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan hisobot va qarorlar muhokama qilingan. Bundan tashqari, tadbir davomida mamlakat harbiy kuchlarini mustahkamlash yo‘lida davlat tomonidan qabul qilinadigan choralarga bog‘liq hujjatlar ham ko‘rib chiqilgan.

Avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh qurolsizlantirilgan hududlarga o‘z qo‘shinlarini qaytarmoqchiligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tramp KXDRga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari iyun oyining boshlarida yomonlashdi. 14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют