» » KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh qurolsizlantirilgan hududlarga o‘z qo‘shinlarini qaytarmoqchi

KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh qurolsizlantirilgan hududlarga o‘z qo‘shinlarini qaytarmoqchi


KXDR Koreyalararo kelishuvlarga binoan qo‘shinlar olib chiqib ketilgan hududlarga o‘z harbiy bo‘linmalarini qaytarmoqchi ekanligini bildirdi. Bu haqda Shimoliy Koreya xalq armiyasi bosh shtabi bayonotida qayd etilgan bo‘lib, hujjat matni Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan 16-iyun kuni e’lon qilingan.

Bu chegarani qal’aga aylantirish va janubga qarshi harbiy hushyorlikni kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

“Bizning armiyamiz janub va shimol o‘rtasidagi munosabatlar tobora yomonlashayotgani doirasida yuz berayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va partiya hamda hukumat tomonidan ko‘rilayotgan har qanday choralarni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — deyiladi bosh shtab bayonotida.

Shuningdek, qayd etilishicha, Partiya markaziy harbiy komissiyasining roziligini olish niyatida harbiy rahbariyat belgilangan maqsadlarni zudlik bilan amalga oshirish uchun harakatlar rejasini ishlab chiqadi.

Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari so‘nggi ikki hafta davomida yomonlashib bormoqda. Dastlab KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan. 9-iyun kuni esa KXDR 2018-yildan beri ilk bor Janubiy Koreya bilan aloqalarni to‘xtatdi. KXDR Seul bilan barcha aloqa liniyalarini Pxenyanga qarshi yuborilgan tashviqot varaqalari sabab bloklagan. Uzoq yillar davomida ishlamagan aloqa liniyalari 2018-yilda qayta tiklangan, shundan buyon mamlakatlar kuniga ikki marotaba o‘zaro qo‘ng‘iroqlashib turgandi.

14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi.

16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют