» » Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi


Olovuddin Inog‘omov Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Olovuddin Inog‘omov Husniddinovich 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002-yilda Toshkent soliq kollejini, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

O. Inog‘omov bunga qadar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2002-yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani DSI Buxgalteriya hisobi va ta’minoti bo‘limi 1-darajali hisobchisi lavozimidan boshlagan. U 2002-yildan 2019-yilgacha Toshkent shahrining bir qator tuman DSIlarida va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Olovuddin Inog‘omov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

2020-yil iyun oyida Oqdaryo tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan Elyor Tolliyev Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют