» » Himoya niqobini doimiy taqish pnevmoniyaga sabab bo‘ladimi? Mutaxassis izohi

Himoya niqobini doimiy taqish pnevmoniyaga sabab bo‘ladimi? Mutaxassis izohi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan himoya niqobi doimiy taqib yurilganda kislorod organizmga 30 foiz o‘tishi natijasida pnevmoniya yuzaga kelishi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi.

Bunga AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova oydinlik kiritib o‘tgan.

“Niqob taqish orqali hech qanday o‘pka qurishi yuzaga kelmaydi. Masalan, biz aytishimiz mumkin, jarrohlarimiz kuniga 6-8 soatlab operatsiyalarni amalga oshirishadi. Niqoblarda xonalarida amalga oshirishadi va ular eng sog‘lom odamlar hisoblanishadi”, — deydi mutaxassis.

Shuningdek, Odilova niqob taqishning gigiyenik qoidalari borligi, unga ko‘ra, bir martalik niqob o‘z nomi bilan bir martalik bo‘lishi va uni tez-tez, kuniga kamida 4 mahal almashtirib turish kerakligini yodga solgan. Niqob asosan ko‘chada, jamoat joylarida taqilishi, uyda yoki avtomobilda, ishxonadagi xonada yolg‘iz bo‘lganda niqob taqishga hojat yo‘qligi ta’kidlandi. Ammo bemor odam har qanday sharoitda ham o‘zining yotgan xonasida ham niqob taqishi zarur bo‘ladi. Chunki kasallik havo tomchi yo‘llari orqali oilaning boshqa a’zolariga ham yuqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, “doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi” mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoqpiyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют