» » AQShda yagona nusxada yaratilgan Ferrari yana sotuvga qo‘yildi. Unga uch yildan buyon xaridor chiqmayapti

AQShda yagona nusxada yaratilgan Ferrari yana sotuvga qo‘yildi. Unga uch yildan buyon xaridor chiqmayapti


Texasda 2012-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar 165 kilometr yo‘l bosgan noyob qizil Ferrari SP30 yana sotuvga qo‘yildi. Yagona nusxada yaratilgan sportkarga 2018-yildan buyon xaridor chiqmayapti, deb xabar beradi Motor.

Ferrari SP30 2012-yilda dubaylik biznesmen Chiraga Arya buyurtmasiga asosan yaratilgan. Mashina asosini Ferrari 599 GTO tashkil etadi, biroq noyob model tashqi ko‘rinishi bilan F12 Berlinetta yoki 812 Superfast modifikatsiyalarini yodga soladi. 2018-yilda yagona nusxadagi mashinaning egasi sportkarni sotuvga qo‘ygan.

Shundan keyin Ferrari SP30 AQShdagi auksionga qo‘yilgan bo‘lib, avtomobil bir necha oy omborda qolgan. Keyinroq modelni Fransiyada sotishga qaror qilishgan, biroq u yerda ham xaridor topilmagan. Shu sababli sportkar yana AQShga “qaytib kelgan”, hozirda u Texasdagi auksionga qo‘yilgan.

Ferrari SP30 670 ot kuchiga ega 6,0 litrli V12 benzin dvigateli yordamida harakatga keladi. Agregat olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Sportkar soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi uchun 3,3 soniya kifoya, maksimal tezligi esa 335 km/soatni tashkil etadi.

Hozirgacha 165 kilometr yo‘l bosgan modelning narxi ma’lum qilinmagan, uni shaxsiy so‘rov yuborib bilib olish mumkin.

Mavzuga doir: Video: Germaniya yo‘llarida soatiga 372 km tezlikda harakatlanayotgan LaFerrari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют