» » Venesueladagi ommaviy namoyishlar qurbonlari soni 26 kishiga yetdi

Venesueladagi ommaviy namoyishlar qurbonlari soni 26 kishiga yetdi


Venesueladagi ommaviy norozilik namoyishlari davomida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Luisa Ortega Dias ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Men mamlakatda yuz berayotgan har qanday zo‘ravonlikni rad etishimni ma’lum qilmoqchiman. Men tinchlikparvar ayolman, zo‘ravonlikka toqat qila olmayman va kim bo‘lishidan qat’i nazar — hukumat tarafdori bo‘ladimi yoki muxolifat vakili — 26 venesuelalikning qurbon bo‘lganidan afsusdaman”, — dedi Ortega Dias xonim.

Bosh prokurorning ta’kidlashicha, hozirgi holatda hukumat tomoni prezident Nikolas Maduro tuzumi muxoliflari bilan muloqotni qaytadan boshlashi lozim.

Venesuelada 4-apreldan beri ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishlar muxolifat qo‘lida qolgan parlament vakolatlarini keskin cheklab qo‘ygan Oliy sud qaroridan so‘ng boshlangan.

Oliy sud qarori keyinchalik bekor qilindi, biroq muxolifat tarafdorlari sud a’zolarining iste’fosi va muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi o‘tkazilishini talab qilib, yana ko‘chalarga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют