» » O‘zbekistonda pandemiya davrida ish haqi darajasi oshgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda pandemiya davrida ish haqi darajasi oshgani ma’lum qilindi


Korxonalarda ish haqi fondining o‘sishi va eng kam ish haqining (2020-yil I yarim yilligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan) 18 foizga oshishi, soliq tushumlari dinamikasiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘ldi. Bundan tashqari, davlat ulushi bor korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 25 foizdan 12 foizga kamaytirilishi ham xodimlar ish haqini oshirishga imkon berdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2020-yilning I yarim yilligidagi tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 trillion so‘m ko‘p bo‘lib, 7,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2020-yil II choragidagi tushumlar I chorakka nisbatan quyidagi asosiy omillar tufayli kamayganligi kuzatilmoqda:

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xususiy sektorda iqtisodiy faollikning susayishi va bu bilan bog‘liq soliq solinadigan ish haqi fondining kamayishi, 2020-yilning II choragida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumning dastlabki prognozga nisbatan 500 milliard so‘mdan ko‘proqqa kamayishiga olib keldi.

Shu bilan birga, pandemiya davrida kichik tadbirkorlik subyektlari va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari uchun joriy yilning may oyidan boshlab ijtimoiy soliq stavkasini 12 dan 1 foizgacha kamaytirilishi nodavlat sektoridagi xodimlar sonini aprel oyiga nisbatan 16 foizga, ish haqi fondini esa 22 foizga oshirish imkonini bergani ta’kidlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют