» » Vadim Abramov: PFL oldidagi qarzimiz tufayli Xurshid Giyosovni royxatdan otkaza olmayapmiz

Vadim Abramov: PFL oldidagi qarzimiz tufayli Xurshid Giyosovni royxatdan otkaza olmayapmiz


Bunyodkor bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 10-turidan orin olgan Metallurgga qarshi oyindan (2:0) song oz fikrlari bilan ortoqlashdi.

Bahs qiziqarli kechdi. Yigitlarga oyin uchun rahmat, munosib oyin korsatishdi.

Odatda 2-bolimda yaxshi oynay olmasligimizni aytishardi, bu gal aksincha, 2-bolimda yaxshiroq oyin namoyish etdik. Futbol shundayki, unda kichik detallar ham muhim rol oynaydi. Yaxshi zarba yollandi va barchasi ozgarib ketdi.

Taqvimning tigizligi bizda birinchi marta kuzatilyapti, koramiz. Afsuski, zaxira boyicha ayrim muammolar bor. Masalan, Giyosovni royxatdan otkaza olmaymiz. Klubni PFL oldida qarzlari mavjud. Galati, lekin shu boisdan uni royxatdan otkaza olmaymiz.

Klubning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga otishi? Fikrimcha, bu notogri. Jamoa futbolchilari imkon qadar xalqaro maydon uchun oz oyinlarini ostirib, rivojlantirib borishlari lozim. Hozirgi holatda PFL ligamiz kuchliroq bolishi uchun harakat qilishi kerak. Bizga aytishlaricha, Bunyodkor Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashmaydi. Bunday holatda qanday qilib futbolchilarni ruhlantirish mumkin? Chempionat xalqaro maydondagi uchrashuvlar evaziga kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, futbolni rivojlantirish boyicha Prezident qarori ham mavjud. Unda 2030-yilga qadar deb yozilgan. Hozir hech kim klublarni sotib olishga oshiqmayapti. Buni kengaytirilgan tarkibda yigilib muhokama qilish kerak.

Vadim Abramov, Bunyodkor bosh murabbiyi

Bunyodkor ushbu galabadan keyin 20 ochko bilan 3-oringa kotarildi. Qaldirgochlar keyinni turni 20-avgust kuni Sogdiyonaga qarshi otkazadi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (18-08-2020, 07:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -