» » Vadim Abramov: Ikkinchi golda o‘yin qoidasi buzilmagandi. Bunga “Navbahor”ning reaksiyasi meni hayron qoldirdi

Vadim Abramov: Ikkinchi golda o‘yin qoidasi buzilmagandi. Bunga “Navbahor”ning reaksiyasi meni hayron qoldirdi


“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 8-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsdan (3:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yinda ikki xil bo‘limni ko‘rdik. Birinchi va ikkinchi bo‘lim umuman boshqacha bo‘ldi. Birinchi bo‘limda uchinchi golni ham kiritishimiz mumkin edi. Afsuski, imkoniyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa raqib tashabbusni qo‘liga oldi. “Navbahor” safida tajribali yigitlar yetarlicha. Mana shunday vaziyatda ham o‘zlarida kuch topib, uchinchi golni kirita olgan yigitlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Fikrimcha, mazkur uchrashuv o‘tgan yilgi o‘yinga o‘xshab ketdi. O‘shanda ham biz birinchi bo‘limda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgandik. Tanaffusdan so‘ng mezbonlar bundan farqli ravishda ikki marta javob qaytargandi. Yakunda g‘alabani ilib ketgandik. Bu o‘yinda ham hisob boshqacharoq bo‘lishi mumkin edi. Lekin hisob 2:1 bo‘lib turganida mehmonlar emas, biz gol urdik va bu bizning omadimiz bo‘ldi.

Ikkinchi goldan oldin hech qanday o‘yin qoidasi buzilishi bo‘lmagandi. Raqiblar e’tiroz bildira boshlashganida hayron qoldim. Balki TV orqali bu yaxshi ko‘ringandir. “Navbahor” biroz qo‘pol o‘ynadi, futbolchimiz ham jarohat oldi. Uning burni sindi. Ikkinchi o‘yinda ham jarohat olmoqda. Bu achinarli.

Albatta, “Navbahor” tarkibida O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilar bor. Ularni klubdagi o‘yinidan kelib chiqqan holda jamoaga taklif qilamiz. Termizliklar safida ham yaxshi yigitlar bor. Hozir ularning ism-familiyasini aytib o‘tirmoqchi emasman. Ularni kuzatib boryapman. Vaqti kelganida barchasini bilib olasiz. Umid qilamanki, pandemiya tugaganida kimni kuzatayotganimni bilib olasiz. “Navbahor”da men kuzatgan futbolchi bu o‘yinda juda yaxshi harakat qildi”, — deya Abramovdan iqtibos keltiradi “Championat.asia”.

Mazkur g‘alabadan keyin “Bunyodkor”ning ochkolari 16 taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Mavzuga doir: Andrey Kanchelskis: Futbolchilarim borini berib harakat qilmadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют