» » Botir Parpiyev o‘ziga berilgan hayfsan adolatli ekanini ta’kidladi

Botir Parpiyev o‘ziga berilgan hayfsan adolatli ekanini ta’kidladi


19-avgust kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vazir o‘rinbosari Botir Parpiyev hukumat tomonidan tizim rahbarlariga berilgan jazo adolatli ekanini ta’kidladi, deb xabar beradi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalla vazirligi rahbariyati faoliyati jiddiy tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholangan edi. 8-avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham tizim faoliyatida ishni tashkil etish borasidagi kamchiliklar tahlil qilinib, mahallalar bilan samarali ish tashkil eta olinmagani, natijalar qoniqarli emasligi tufayli mahalla tizimi rahbarlariga jazo berilgan edi. Xususan, ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan e‘lon qilingan.

Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Botir Parpiyev hukumat tomonidan tizim rahbarlariga berilgan jazo adolatli ekanligini qayd etgan.

“O‘z ishining mohiyatini to‘g‘ri tushunmaydigan viloyat, tuman va shahar tizimida ishlayotgan rahbarlar hamda o‘z vazifasiga nomunosib mahalla raislari tufayli shu ahvolga tushdik. Ayniqsa, oxirgi paytlarda internet tarmoqlarini ‘ishqilib yana bir balo chiqmagan bo‘lsin-da mahalla haqida’ degan xavotir bilan kuzatadigan bo‘lib qoldik. Chunki bizga tushgan raislardan norozi bo‘lib yozilgan murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarni o‘rganganimizda ko‘pincha mahalla raislari nohaq bo‘lib chiqyapti”, — deydi Parpiyev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 19-avgust holatiga ko‘ra, vazirlikka mahalla raisi va xodimlari xatti-harakatidan norozilik mazmunida 5173 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 140 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirlikka kelib murojaat qilgan.

Eng ko‘p murojaat Qashqadaryo viloyatida 756 ta, Toshkent shahrida 640 ta, Surxondaryo viloyatida 578 ta, Samarqand viloyatida 450 ta, Toshkent viloyatida 397 ta, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida 360 tani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev 2020-yilning fevralida Prezident farmoni bilan O‘zbekiston mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют