» » Mirjalol Qosimov: “Maysaning holati va o‘yin vaqti bahona bo‘lolmaydi”

Mirjalol Qosimov: “Maysaning holati va o‘yin vaqti bahona bo‘lolmaydi”


OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Andijon”ga qarshi kechgan uchrashuvdan (3:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Andijon”ni yaxshilab o‘rganib chiqqan edik. Lekin besh himoyachi bilan o‘ynaydi deb o‘ylamagan edim, chunki oldingi o‘yinlarda to‘rt himoyachi bilan harakatlangan. O‘yin oson bo‘lmadi. Birinchi bo‘lim boshida yaxshi vaziyatlarni yaratdik, lekin foydalana olmadik. Qolaversa, shoshilib o‘ynadik va to‘pni ko‘p marta yo‘qotib qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan o‘yinchilar o‘yinni kuchaytirdi va haqli g‘alabaga erishdik.

Maysaning holati va o‘yin vaqti? Avvalambor, bu bahona bo‘lmasligi kerak. Har bir jamoada imkoniyat bir xil. Endi shunaqa vaziyatlar ham bo‘lib turadi. Yoshligimni eslasam, soat 15:00 da o‘ynagan paytlarimiz ham bo‘lgan. Bu bahona bo‘lishi kerak emas, buni futbolchilarga ham tushuntirdim. Menimcha, maydon holati yomon emas.

Hozirgi tarkibimizdan qoniqyapmiz va rotatsiyaga ham qo‘l urib turibmiz. Chunki jarohatlanganlar, kasal bo‘lganlar bor. Grigalashvili, Vatsadze, Tursunov ikki hafta davomida davolanib, tiklanib oldi. Sekin-asta o‘yinlarda qatnashib, jismoniy holatlarini tiklab, yanada yaxshi o‘ynay boshlashadi.

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

OKMK ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 27 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Konchilar” keyingi turda “Navbahor”ga qarshi bahs yuritadi.

Mavzuga doir: “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis PFL tashkilotchiligini keskin tanqid qildi. PFL rahbari esa unga ikki bor javob qaytardi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют