» » Amerikalik poygachilar Audi A6’da AQShni 25 soatda bosib o‘tdi. Bu yangi rekord

Amerikalik poygachilar Audi A6’da AQShni 25 soatda bosib o‘tdi. Bu yangi rekord


Amerikalik Dag Tabbatt, Arne Toman va Berkli Chedvik AQShning bir chekkasidan ikkinchisiga 25 soat 39 daqiqada yetib bordi. Ular Audi A6 yordamida o‘tgan yilgi noqonuniy Cannonball Run poygasidagi rekordni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

2020-yilning dekabrida poygachilar 700 ot kuchiga ega Mercedes-AMG E 63 yordamida AQShning butun hududini aylanib chiqishga otlangan edi. Ularning o‘sha vaqtdagi natijasi 27 soat-u 25 daqiqa bo‘lgan.

Biroq aprel oyida noma’lum poygachilar Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga qadar bo‘lgan masofani 26 soat 38 daqiqada bosib o‘tib, rekordni yangilagan edi. Kimligini oshkor qilmagan sportchilar Audi A8L sedanidan foydalangan. Poyga tashkilotchilari o‘rnatilgan rekordni haqiqiy emas deb topgan, chunki aprelda mamlakat yo‘llari pandemiya sabab deyarli bo‘sh bo‘lgan. Shunga qaramay, Tabbatt va Chedvik yana bir bor harakat qilib ko‘rgan.

Buning uchun ular yangi avtomobil qidirishga majbur bo‘lgan, chunki ularning E 63 modeli boshqa bir poygada avariyaga uchragan: soatiga 60 kilometr tezlikda yuk mashinasiga borib urilgan. Amerikaliklar bu safar A6’dan foydalanishga qaror qilgan.

Do‘stlar Audi yordamida AQShni 25 soat 39 daqiqada bosib o‘tgan — bu Audi A8L rekordidan 59 daqiqaga kamroq. Bu vaqt davomida A6 yo‘llarda 31 daqiqa-yu 10 soniya to‘xtagan, o‘rtacha tezligi esa soatiga 180 kilometrni, eng yuqori tezligi — 282 km/soatni tashkil etgan. Harakatni 35 kishidan iborat jamoat kuzatib borgan.

Amerikaliklar bu kabi natijaga AQShdagi pandemiya sabab erishganliklarini tan olgan. Ular yo‘llarda politsiyachilar, avariyalar va yo‘l ta’mirlash ishlariga kamroq duch kelgan,



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют