» » Yengsiz bluzka, tor ko‘ylak. Qanday kiyimlar qomatni xunuk ko‘rsatadi?

Yengsiz bluzka, tor ko‘ylak. Qanday kiyimlar qomatni xunuk ko‘rsatadi?


Ish yoki o‘qishga ketishdan avval ko‘zguga razm tashlaganda libosdan ko‘nglimiz to‘ldimi yoki yo‘q, shunga qarab kiyinamiz. Lekin qomat qanchalik mukammal bo‘lmasin ba’zi kiyim-kechaklar va e’tibor berilmaydigan jihatlar to‘lacha va past bo‘yli hamda didsiz ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Bu kabilardan qochish uchun qanday kiyimlarni garderobdan chiqarib tashlash kerak? Stilist Yuliya Morexodova ushbu savolga javob beradi.

Beldan pastda turadigan tor bichimli shim

Skinni, ya’ni tor shim ozg‘inroq ko‘rsatadi degan tushuncha har doim ham o‘zini oqlayvermaydi. Masalan, kalta keng sviter bilan skinni shim kiyilsa, qomat chupa-chupsga o‘xshab qoladi. Tor shim bilan yopishib turadigan trikotaj kofta ham sovuq o‘tkazmaydigan ichki kiyimdek ko‘rinishi mumkin. Ushbu modelni beldan past turadiganini olish esa umuman tavsiya qilinmaydi, chunki qomat odatdagidan gavdaliroq, oyoqlar kaltaroq, tananing tos qismi va sonlar keng, tizzadan pastki qism esa nomutanosib ingichka ravishda ko‘rinadi. Skinni kiyishni istaganlarga keng va uzunroq kardigan yoki pidjak bilan moslash tavsiya qilinadi. Sviter yoki bluzka tor bo‘lmasligi kerak, ana shundagina ayollarga xos joziba va noziklik aks etishi mumkin.

Yengsiz bluzka

Yengi yo‘q bluzka kiyganda qo‘lning yuqoridagi to‘la qismi va yelkalar e’tiborni tortadi. Agar qo‘lingizni yuqori qismi to‘lacha bo‘lsa, bunday kiyinish yanada ko‘zga tashlanishga sabab bo‘ladi. Qolaversa bunday model, obrazni yuzaki ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Shu bois yengsiz model o‘rniga kalta bo‘lsa ham yengi bor variantni tanlash, klassik yengli koftani bo‘lsa tirsakkacha ? qilib qayirish yo bo‘lmasa fonar yengli romantik modelga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Yupqa trikotaj ko‘ylak

Ko‘ylak, jemfer, kardigan — qanday kiyim-kechak bo‘lishidan qat’i nazar, trikotajning yupqasi didsizlikdan darak beribgina qolmay, qomatdagi kamchiliklarga e’tibor qaratadi. Bunday libosni o‘zini kiymaslik, kiyganda ham jinsi kurtka, kardigan yoki pidjak ichidan moslash kerak. Bu orqali siz bir o‘q bilan ikki quyonni urgan bo‘lasiz — kiyinishingiz zamonaviy va qiziqarli bo‘ladi, qomatingizdagi kamchiliklar esa ustki kiyim ichiga yashirinib, ko‘zga tashlanmaydi.

Gorizontal yo‘l-yo‘l printli shim

Bunday modellar kamdan kam bo‘lsa ham ba’zi brendlarning yozgi kolleksiyalarida uchrab turadi. Gap shundaki, yo‘l-yo‘l vertikal emas, gorizontal qilib tushirilgan print qomatni, xususan, beldan pastki qismni keng va to‘la qilib ko‘rsatadi. Bunday modeldagi shimlarni yelkasi tos suyagidan keng bo‘lgan ayol-qizlar kiyishi va bu orqali qomatni proporsional ko‘rinishiga erishishi mumkin. Boshqa qomat egalariga esa o‘zlaridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda libos tanlash va moda ekan deb har narsani xarid qilavermaslik tavsiya qilinadi.

Botilyonlar

Botilyonlarni istalgan poyabzal do‘konida topish va turli rang va modeldagilarni tanlash mumkin. Lekin xarid qilishga shoshilmaslik botilyonlarning kalta bichimlisi qomat va bo‘yni boshqacha ko‘rsatishini unutmaslik kerak. Bunday modellarni ko‘ylak, yubka va kalta shim bilan kiyish orqali oyoqlarni kalta ko‘rinishiga sababchi bo‘lish mumkin. Kalta botilyonlar bilan kiyilgan yubka to‘piqdan to‘rt-besh barmoq tepada bo‘lishi yoki tanlov midi uzunligidagi plissirovkali libosda to‘xtashi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют