» » “Bolamning bir kunlik umri ham men uchun aziz”. 3 yashar Osiyoxon Soliyeva saxovatli yurtdoshlarimizning yordamiga muhtoj

“Bolamning bir kunlik umri ham men uchun aziz”. 3 yashar Osiyoxon Soliyeva saxovatli yurtdoshlarimizning yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi Husniddin Soliyev murojaat qilib, papilamatoz gardanya kasalligiga chalingan farzandi Osiyoxon Soliyeva uchun yordam so‘radi.

Qizim Osiyoxon 2017-yil avgust oyida tug‘ilgan. Bir yarim yoshligida unga respirator qaytalanuvchi papillamatoz, hiqildoq, traxeya va qizilo‘ngachga tarqalishi bilan birinchi darajali nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shundan beri ko‘p shifoxonalarda 15 marotaba operatsiya qildirdik. Pul ketgani, bolani qiynaganimiz qoldi. Hech qanday ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi.

Endi esa shifokorlar xorijda operatsiya qildirishimiz kerakligini tavsiya qilishdi. Hindistondagi mutaxassislar bilan gaplashsak, ular operatsiya uchun 10 ming dollar, qo‘shimcha xarajatlari bilan 15 ming dollar ketishini aytishdi.

Bolamning bir kunlik umri ham men uchun aziz. Shart olib borib davolatay desam, moddiy tomondan imkonim yo‘q. Qo‘lim kaltalik qilayotganidan bir qiynalsam, qizimning ahvolini ko‘rib ikki karra kuyunaman. Oddiy o‘qituvchining puli ham ro‘zg‘or, ham dori-darmon uchun yetmas ekan. Yaxshi insonlarning yordamiga muhtojmiz. Alloh hammangizdan rozi bo‘lsin!

Biz barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan 3 yoshli Osiyoxon Soliyeva sog‘ayib ketishi uchun yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Osiyoxon Soliyevaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

Husniddin Soliyev nomida

Universalbank: 8600 4829 8324 9480

Humo: 9860 0401 2175 9282

Visa: 4738 7201 8330 7523

Otasining telefon raqami: +998935048905



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют