» » “Barselona” prezidenti Messi transferi borasida hech bir klub bilan muzokara olib borilmasligini ma’lum qildi

“Barselona” prezidenti Messi transferi borasida hech bir klub bilan muzokara olib borilmasligini ma’lum qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messi katalon klubi prezidenti Xosep Bartomeu bilan uchrashdi.

Muzokaralar jarayonida “Barselona” prezidenti Messi jamoani tekinga tark etishi mumkinligi haqidagi band 10-iyundan o‘z kuchini yo‘qotganini ma’lum qilgan. Bartomeu “Barselona” Messini sotish borasida muzokaralar olib bormasligi va Leo klub qurayotgan loyihaning asosiy bo‘lagi ekanini aytgan.

Bundan tashqari, Bartomeu Messining klub bilan amaldagi shartnomasi borligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Funksionerning fikricha, Messi mashg‘ulotlarda qatnashishga majbur, deya yozadi Marca.

Messining otasi esa futbolchi jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani haqida aytgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, tomonlar bu masalada bir to‘xtamga kela olmagan.

Avvalroq argentinalik futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tishni istayotgani va “shaharliklar” bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют