WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Lionel Messi “Barselona”ni tekinga tark etish uchun yuristlardan yordam so‘radi
Lionel Messi “Barselona”ni tekinga tark etish uchun yuristlardan yordam so‘radi
Lionel Messi “Barselona” bilan shartnomani bekor qilish uchun huquqshunoslar va klub rahbariyati bilan uchrashuv rejalashtirmoqda.
Ole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi jamoani mojarolarsiz va sud jarayonisiz tark etish niyatida. Biroq klub o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi emas va Messini faqatgina 700 million yevroga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.
Messi esa advokatlarning yordami bilan unga har mavsum so‘ngida jamoani bepul tark etish imkonini beradigan banddan foydalanmoqchi. Avvalroq Messi “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Messining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.
Gollar to‘plami:
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?