» » Farg‘onada haydovchilik guvohnomasisiz ekskavatorni boshqargan 19 yashar yigit 68 yoshli fuqaroni urib yubordi

Farg‘onada haydovchilik guvohnomasisiz ekskavatorni boshqargan 19 yashar yigit 68 yoshli fuqaroni urib yubordi


Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida haydovchilik guvohnomasi yo‘q 19 yoshli yigit ekskavatorni boshqarib ketayotib 68 yoshli fuqaroni urib ketdi, deb xabar qiladi IIV YHXBB.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 3-sentabr kuni soat 11:05 larda, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hududidan o‘tgan 4R-127 Marg‘ilon–Soybo‘yi–Mingbuloq avtomobil yo‘lining 10-kilometrida haydovchi, 2001-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan A.J. Hyundai rusumli ekskavatorni boshqarayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda, 1952-yilda tug‘ilgan X.S.ni urib yuborgan.

Natijada piyoda, 68 yoshli X.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют