» » Buyuk Britaniya hali tasdiqlanmagan COVID-19’ga qarshi vaksinaning millionta dozasiga buyurtma berdi

Buyuk Britaniya hali tasdiqlanmagan COVID-19’ga qarshi vaksinaning millionta dozasiga buyurtma berdi


AstraZeneca inliz-shved farmatsevtika kompaniyasi Buyuk Britaniya hukumati buyurtmasiga ko‘ra COVID-19’ga qarshi vaksinaning 30 millionta dozasini ishlab chiqarishni boshladi. “Interfaks”ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma’lum qilgan.

“Biz AstraZeneca bilan 30 million dozani sotib olish uchun shartnoma tuzib bo‘ldik va ular vaksina hali tasdiqlamasidan avval ushbu dozani ishlab chiqarishni boshladi”, — degan Xenkok Britaniyaning LBC radiostansiyasi efirida.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, tasdiqlanishi hozircha aniq bo‘lmagan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng Buyuk Britaniya uni bozorga olib chiqishga tayyor bo‘ladi. “Nasib qilsa, bu ish shu yiliyoq amalga oshadi. Lekin nazarimda, keyingi yil boshlarida sodir bo‘lsa kerak”, — deya qo‘shimcha qilgan Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri.

Shu bilan birga, Xenkok London boshqa xalqaro ishlab chiqaruvchilardan ham bir qator hali tasdiqlanmagan vaksinalarni sotib olganini bildirgan.

AstraZeneca vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha Oksford universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. Ularning vaksinasi hali tasdiqlanmagan. Vaksina ayni paytda Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikada klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Kompaniya vaksinani yaratish uchun AQSh hukumatidan bir milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya Pfizer Inc, BioNTech hamda Fransiyaning Valneva kompaniyalari bilan hozirda sinov jarayonida bo‘lgan koronavirusga qarshi vaksinalarni 90 million dozada sotib olish bo‘ycha shartnoma imzolagani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: The Financial Times: AQSh hukumati Buyuk Britaniya vaksinasini joriy etishni tezlashtirmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 01:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют