» » Moliya vazirligi O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 2020-yilning birinchi yarmida qanchaga oshganini ma’lum qildi

Moliya vazirligi O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 2020-yilning birinchi yarmida qanchaga oshganini ma’lum qildi


Moliya vazirligi O‘zbekistonning 2020-yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e’lon qildi.

2020-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 19,4 milliard AQSh dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 34,0 foizni tashkil etgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 milliard dollarga yoki yil boshiga nisbatan 10,5 foizga oshib, 2020-yilning 1-iyul holatiga 17,31 milliard dollar yoki YaIMga nisbatan 30,3 foizga yetdi.

Shundan:

Davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 21,6 trillion so‘mni (2,1 milliard dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,7 foizni tashkil etdi.

Shundan:

Sharhda qayd etilishicha, davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi (YaIMga nisbatan - 34,0 foiz), shu jumladan, davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan - 30,3 foiz) mo‘tadil darajada saqlanib qolmoqda.

O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 69,4 foizi - dollar, 11,9 foizi - yapon iyenasi, 10,7 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 4,5 foizi – yevro, 3,5 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 01:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют