» » Sardor Rashidov Xavi jamoasi darvozasiga yana gol urdi va “Al-Jaish” finalda yutqazdi

Sardor Rashidov Xavi jamoasi darvozasiga yana gol urdi va “Al-Jaish” finalda yutqazdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish” Qatar Valiahd shahzodasi kubogining finalida “As-Sadd”ga qarshi saf tortdi.

“As-Sadd” mavsumni kumush medallar bilan yakunlagan bo‘lsa, “Al-Jaish” to‘rtinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘lgandi. Kubok finalida ham “As-Sadd” ustunroq ekanini ko‘rsatdi va 2:1 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqdi.

Sardor Rashidov “Barselona”ning sobiq yulduzi Xavi to‘p suradigan jamoa darvozasiga chempionat o‘yinida ham gol urgandi. Kubok finalida ham shu hol takrorlandi, biroq gol “Al-Jaish”ga foyda keltirmadi.

?????? : ??? ??????? ??#??????? 1 – 1 ??#?????? ??? ?????? ?38 ??#????_??????? ??#?????_???_?????

A post shared by AlKass Sports Channels (@alkasssports) on

Eslatma. O‘zbekistonlik Sanjar Shoahmedov ham chempionat o‘yinida Xavi jamoadoshlarining darvozasini aniq ishg‘ol qilgandi.

Sardor Rashidov “Al-Jaish”ning yarim finaldagi o‘yinida ham gol urib, 90-daqiqada jamoasini finalga yetaklagandi. O‘shanda uning jamoadoshlari mamlakat chempioni “Lahviya” ustidan 3:2 hisobida g‘olib chiqqandi.

Qatar Valiahd shahzodasi kubogi
Final
29-aprel, shanba

Gollar: Bag‘dod Budenja, 21 (1:0). Sardor Rashidov, 38 (1:1). Jugurta Hamrun, 73 (2:1).

Опубликовано: admin (30-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют