» » Aktrisa So‘g‘diyona Azimova is gazidan yuzi va qo‘llari kuyib ketgani haqida gapirib berdi (video)

Aktrisa So‘g‘diyona Azimova is gazidan yuzi va qo‘llari kuyib ketgani haqida gapirib berdi (video)


Aktrisa So‘g‘diyona Azimova is gazidan yuzi va qo‘llari kuyib ketgani haqida gapirib berdi.

Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bugungi zamonaviy hayotimizda odat tusiga kirgan, xursandchilik kunlarimizda is gazidan sharlar shishiriladi. Bizda ham bir tug‘ilgan kunda 30 ta shunaqa is gazidan shishirilgan shar 4 ta yonib turgan shamga tegib ketgan. Baxtimga yonimda o‘rtog‘im bor edi, meni itarib yuborgan. Shunda ham yuzim bilan qo‘lim qattiq kuygan.

16-shahar shifoxonasidagi toksikologiya shifokorlariga kattakon rahmat  aytaman, ko‘nglimga qarab davolashdi. Depressiyaga tushib qolganimda izolyatorga olib, bir oy parvarish qilishdi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin! O‘sha mahalda jonim azobda edi.

Inson o‘zi tiliga sal ehtiyotroq bo‘lishi kerak, bilmasdan ko‘p gapirib yuboramiz. Oldin oyning ham yuzida dog‘i bor, deb hazil qilardim. Ko‘p joyda aytganman. Balki, shu narsa bo‘lgandir, mana senga dog‘, degan mazmunda.

Lekin bu narsadan uyalmayman. Tirikligimga, sog‘-salomat ekanligimga  shukr qilaman! Allohning inoyati bilan tez tuzaldim.

So‘g‘diyona Azimova, aktrisa

Ma’lumot uchun, So‘g‘diyona Azimova “Qaysarginam”, “Qaysarginam 2”, “Asragil”, “Nafrat”, “Jonim azobda”, “Amiran”, “Yo‘qotilgan jannat” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют