» » Avstraliya Afg‘onistonda harbiy kontingentni oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Avstraliya Afg‘onistonda harbiy kontingentni oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda


Avstraliya hukumati Afg‘onistondagi harbiy kontingenti sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bosh vazir Malkolm Ternbull Sidneyda jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Bosh vazir NATOdan tegishli so‘rovnoma olganligini tasdiqlab, hozirgi paytda uni ko‘rib chiqish jarayonida ekanligini ma’lum qildi. “Afg‘onistondagi kuchlarimizning asosiy bo‘linmalari mahalliy harbiylarni tayyorlash va o‘qitish bilan band va biz shubhasiz faoliyatimiz ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar uchun ochiqmiz”, — dedi u.

Aprel oyi oxirida Ternbull Iroq va Afg‘onistonga qisqa muddatli tashrif buyurgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Avstraliya bosh vaziri Qobulda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan uchrashgan.

Hozirda Afg‘onistonda 270 ga yaqin avstraliyalik harbiy xizmatchi joylashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют