» » Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov: Hamshiralar endi olimlik darajasiga yetishi mumkin

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov: Hamshiralar endi olimlik darajasiga yetishi mumkin


12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida hamshiralik ishini yanada takomillashtirish borasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi o‘rta va oliy ma’lumoti hamshiralar tayyorlash bo‘yicha o‘ziga xos tizim uzluksiz takomillashtirilmoqda.

Hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi va tibbiyot institutlarining “Oliy hamshiralik ishi” bo‘limlarida anesteziologiya va reanimatsiya, xirurgiya, akusherlik va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha 3500 dan ziyod oliy ma’lumotli bakalavr xamshiralar tayyorlandi, 100 nafardan ortiq hamshiralar magistr darajasiga ega.

E’tiborli tomoni, endilikda hamshiralarimiz ilmiy ish qilib, olimlik darajasiga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Hamshiradan faqat doimiy o‘z ustida ishlash, ilmga chanqoqlik talab etiladi.

Alisher Shodmonov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri

Anjumanda qayd etilganidek, istiqbolda Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirishdan o‘tkazish markazini tubdan isloh qilish, bugungi zamon talablari darajasida qayta shakllantirish belgilangan. Ushbu markazni moliyalashtirish hajmi oshirilib, moddiy texnika bazasi mustahkamlanadi.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari malakasini oshirish ko‘rsatib o‘tilgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют