» » Dunyodagi eng qimmat bolalar mashinasi 100 ming dollarga baholandi

Dunyodagi eng qimmat bolalar mashinasi 100 ming dollarga baholandi


Buyuk Britaniyada “dunyodagi eng qimmat bolalar avtomobili” sotuvga qo‘yildi. Ferrari Testarossa sportkari 75 ming funt sterlingga (97 ming AQSh dollari atrofida) baholandi. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Ushbu bolalar avtomobili o‘lchamlari bo‘yicha haqiqiy Testarossa’dan ikki barobar kichik. 1990-yilda Harrod’s do‘koni uchun bu kabi mashinadan uch dona ishlab chiqarilgan. Sotuvga qo‘yilgan avtomobilni restavratsiya qilish uchun bir yilga yaqin vaqt ketgan. Mashina 5—9 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan.

Bolalar “Testarossasi” oyna-plastikli kuzov, gazon tekislovchi qurilmaning 200 kubli dvigateli bilan jihozlangan. Shuningdek, avtomobilning eshiklari ochiladi, faralari harakatlanadi, qurilmalari, jumaldan, spidometri to‘liq ishlaydi, ruli esa haqiqiy Ferrari sportkariniki.

Avtomobil soatiga 40 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi.

Haqiqiy Ferrari Testarossa 1984—1991-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan. Sportkar 12 silindrli 390 ot kuchiga ega dvigatel hamda besh bosqichli mexanik tezlik uzatish qutisi bilan jihozlangan. Avtomobil 100 kilometr/soat tezlikka 5,8 soniyada chiqqan. Maksimal tezligi esa  290 kilometr/soatga teng bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют