» » Italiyadagi zilziladan so‘ng uch bola vayronalar ostidan olib chiqildi

Italiyadagi zilziladan so‘ng uch bola vayronalar ostidan olib chiqildi


Italiya qutqaruv xizmatlari mamlakatning Iskya orolida yuz bergan zilziladan so‘ng qulagan uy vayronalari ostida bo‘lgan 11 yoshli bolani topdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, bolakay zilziladan keyingi 13 soat davomida bino vayronalari ostida qolib ketgan. Avvalroq uning ikki ukasi qutqarilgan edi — ulardan biri yetti oylik, ikkinchisi esa sakkiz yoshda.

Avvalroq Neapol ko‘rfazida joylashgan orolda magnitudasi 4 ga teng, o‘chog‘i taxminan 5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan zilzila yuz bergan edi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin odam tan jarohati olgan, 2,6 ming kishi o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.

Mahalliy ma’muriyat bitta mehmonxonani va hududiy kasalxona binosining bir qismini evakuatsiya qildi; o‘nlab xonadonlar vayron bo‘lgan, ko‘plab odamlar tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют