» » Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi


Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi. O‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Prezident tashabbusi bilan mazkur majmua qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi  barpo etilmoqda.

Prezidentning shu yil 21-may kuni Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tuzish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot markazi qurilishi jadal davom etmoqda. Davlat rahbari markazni zamonaviy qilib bunyod etish bilan birga uni ma’naviy mazmun bilan yanada boyitish, Imom Buxoriy merosini targ‘ib etishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentga Samarqand shahrining Dahbed ko‘chasidan Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga olib boruvchi Nurafshon ko‘chasini obodonlashtirish, yo‘l bo‘yida zamonaviy turar-joylar, savdo va maishiy xizmat inshootlari barpo etish loyihalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют