» » Kseniya Sobchak Kreml rejalaridan bexabarligini ma’lum qildi

Kseniya Sobchak Kreml rejalaridan bexabarligini ma’lum qildi


Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti ma’muriyati bilan aloqada emasligi va Kreml rejalaridan bexabarligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Mustaqil odamman va hech qachon qandaydir ‘ma’muriyatlar’ bilan aloqada bo‘lmaganman va bo‘lmayman ham. Bundan juda faxrlanaman”, — deya yozuv qoldirdi Sobchak Instagram’dagi sahifasida.

Sobchak “yuqori kabinetlar”da nima muhokama etilayotganini bilmasligini ta’kidladi hamda Rossiya siyosiy muhitiga “zerikarli va jirkanch” deya baho berdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq OAVlarda Rossiyada 2018-yilgi prezident saylovlarida ayol nomzodlarni ilgari surish ehtimoli muhokama qilinayotgani, ular orasida 5—7 kishi ko‘rib chiqilayotgani va ekspertlar tomonidan Kseniya Sobchak nomzodi “ideal variant” deb atalgani xabar qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют