» » Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod mamlakatni rivojlanayotgan davlatlari o‘nligiga kiritishni va’da qildi

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod mamlakatni rivojlanayotgan davlatlari o‘nligiga kiritishni va’da qildi


26 yil davomida Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti atigi 2 foizga o‘sdi, mamlakat hamon eski aravada yuribdi. Bu haqda Bishkekda o‘z saylovoldi dasturini taqdim etgan Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Omurbek Babanov ma’lum qildi, deb xabar beradi K-News.

Babanovga ko‘ra, Qirg‘iziston korrupsiyalashgan davlatlar orasida 136-o‘rinni egallab turibdi, shu sababli mamlakatda korrupsiyaga to‘liq barham berish lozim.

“Xalqimiz ishsizlik va korrupsiya haqida gapirmoqda. Men taqdim etayotgan dastur Qirg‘izistonni dunyoning rivojlanayotgan davlatlari o‘nligiga kirish imkonini beradigan aniq qadamlardan iborat”, — ta’kidladi Babanov.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari joriy yil 15-oktabrda bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют