» » Xorazmiy nomidagi AKTni chuqurlashtirib orgatadigan maktab tashkil etiladi

Xorazmiy nomidagi AKTni chuqurlashtirib orgatadigan maktab tashkil etiladi


Ozbekistonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yonalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etiladi. Bu haqdagi Prezident qarori Ozbekiston 24 telekanali tomonidan keltirildi.

Hujjatga kora, Ozbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq talimi vazirligining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yonalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni (keyingi orinlarda Ixtisoslashtirilgan maktab deb ataladi) tashkil etish togrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:

umumiy orta talimning davlat talim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur oqitilishini tashkil etish;

oquvchilarda dasturlash asoslarini, malumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi konikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish;

yuqori kasb mahoratiga ega bolgan pedagoglarni jalb etgan holda oquvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini taminlash;

oquvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro etirof etilgan sertifikatlar olishga tayyorlash;

oquv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalari bilan uzviyligini taminlash maqsadida 1011-sinf oquvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yonalishidagi yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyoti otashlarini tashkil etish.

Toshkent shahar, Mirzo Ulugbek tumani, Tepamasjid kochasi, 4-uy manzilida joylashgan Mirzo Ulugbek informatika kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Ixtisoslashtirilgan maktabga operativ boshqarish huquqi asosida bepul beriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga oquvchilar Xalq talimi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan kvota asosida 5-sinfdan boshlab yozma va ogzaki sinov natijalariga kora tanlov asosida qabul qilinadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq talimi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ixtisoslashtirilgan maktabning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat royxatidan otkazilishini taminlaydi. Uch oy muddatda esa respublikaning maktab yoshidagi iqtidorli oquvchilariga matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan korik-tanlov natijalariga kora beriladigan Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari nomli mukofotni tasis etadi.

20172018-oquv yilidan boshlab Xalq talimi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan maktabning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda maktabning kutubxona fondini zarur darsliklar va oquv-metodik qollanmalar bilan taminlash choralarini koradi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (14-09-2017, 22:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -