» » 2018-yildan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish keskin o‘sadi

2018-yildan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish keskin o‘sadi


O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mashinasozligi sohasida yil oxirigacha 100 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, “O‘zagrotexsanoatxolding” boshqaruv raisi Nodir Otajonov 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Bundan tashqari, Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi, Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi, agregat va texnologik zavodlar va boshqa korxonalar modernizatsiya qilinmoqda.

“Bu yil 550 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarildi, shuning 500 tasi Turkmanistonga eksport qilindi. Kelasi yildan biz paxta terishni mexanizatsiyalashtirish uchun 3000 ta paxta terish mashinasini chiqarishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Nodir Otajonov.

3000 ta texnikaning 600 tasi eksport qilinadi, qolgan qismi birinchi navbatda, Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlariga yo‘naltiriladi. Qashqadaryo viloyatiga 100 ga yaqin mashina beriladi.

Butun respublika bo‘yicha paxta terishni mexanizatsiyalashtirishni ta’minlash uchun kamida 14—15 mingta paxta terish mashinasini ishlab chiqarish talab etiladi, dedi Nodir Otajonov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-10-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют