» » Vyetnamda uch yoshli bolakay olti metrli pitonni “egarladi” (video)

Vyetnamda uch yoshli bolakay olti metrli pitonni “egarladi” (video)


Vyetnamning Txanxao provinsiyasida uch yoshli bolakay ulkan ilon ustida sayr qildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Internet tarmoqlarida paydo bo‘lgan videodan ko‘rish mumkinki, bolakay kattalar ishtirokida olti metrli piton ustida o‘tiribdi. Ilon esa o‘z navbatida uni tushirib tashlashga harakat qilmagan. Bolakayning xolasini aytishicha, ushbu oila to‘rt yildan beri ilonni uy hayvoni sifatida boqib keladi. “O‘sha kuni yomg‘ir yog‘ganligi sabab hovli suv ostida qoldi. Shuning uchun ular ilonni uyga kirib o‘ynashiga va dam olishiga ruxsat berishdi”, — deydi ayol.

Video Vyetnamning Txanxoa, Ngean hamda Xatin provinsiyalarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida besh mingdan ortiq oila evakuatsiya qilingan vaqtda suratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, tabiiy ofat oqibatida kamida 54 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют