» » Shavkat Mirziyoyev aholini arzon dori bilan ta’minlashni yangi bosqichga ko‘taruvchi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev aholini arzon dori bilan ta’minlashni yangi bosqichga ko‘taruvchi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, ushbu qaror “tarmoqdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida” qabul qilingan.

Prezidentning 2016-yil 31-oktabrdagi qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatildi.

Endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari uchun qat’iy narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Farmonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish, narxini belgilash tartibini takomillashtirish, qonunchilikka “in bulk” mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini belgilash tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini ularning xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlari, shuningdek, davlat sog‘liqni saqlash muassasalari hamda davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan boshqa bino va inshootlar negizida ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi tasdiqlanadi.

“Umuman olganda, mazkur Farmon farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, shu jumladan mahalliy dori vositalarining xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini izchil yo‘lga qo‘yish, asl farmatsevtika ishlanmalarini ko‘paytirish, shuningdek, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon va sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojining to‘liq qanoatlantirilishini ta’minlaydi”, — deyiladi farmon sharhida.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 01:15)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют