» » O‘zbekistonda o‘tgan haftada soliq sohasiga oid 2664 ta huquqbuzarlik aniqlandi

O‘zbekistonda o‘tgan haftada soliq sohasiga oid 2664 ta huquqbuzarlik aniqlandi


Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 2664 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 147 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 2517 nafar shaxsga nisbatan 581,6 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

— savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 614 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 91,9 million so‘m,

— binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 54 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 40,4 million so‘m,

— avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 84 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 62,9 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют