» » Shavkat Mirziyoyev “Toshkent” xalqaro aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminali loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent” xalqaro aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminali loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-maydagi qaroriga muvofiq bu yerda “Toshkent-4” xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda yangi inshoot loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari takomillashtirildi.

Loyiha O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning bank va jamg‘armalari hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi xalqaro aeroportda soatiga 1 ming 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev mablag‘lardan samarali foydalanish, qurilish ishlarini boshlash uchun hududni tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti xalqaro yo‘nalishlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi, qayta qurilayotgan kutish zalini ham borib ko‘rdi. Bu yerda zamonaviy mehmonxona qurish, axborot texnologiyalari asosida zamonaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Aeroport O‘zbekistonning ostonasi. Shu bois bu yerda mehmonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют