» » Fotogalereya: G‘alati rekordlar uchun yaratilgan noodatiy avtomobillar

Fotogalereya: G‘alati rekordlar uchun yaratilgan noodatiy avtomobillar


Motor o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan rekord o‘rnatish maqsadida nostandart qilib ishlab chiqarilgan avtomobillarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Pyerro Taruffi tomonidan qurilgan rekordchi avtomobil. Avtomobilga kuch agregati sifatida to‘rt silindrli, 290 ot kuchiga ega Maserati dvigateli o‘rnatilgan.

Tarf II 1951-yilda tayyor bo‘lgan va ikki yil davomida 1 kilometr va 1 mil masofa bo‘yicha yettita jahon rekordini o‘rnatgan. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 298,5 kilometrni tashkil etadi. Keyinchalik mashina qayta jihozlangan (Ferrari 246 Dino’ning olti silindrli dvigateli o‘rnatilgan) va 2012-yilda auksionda 89600 yevroga sotib yuborilgan.

Bombshell Betty Jeff Brok tomonidan modifikatsiyaga uchraguniga qadar 1952-yilda ishlab chiqarilgan Super Riviera bo‘lgan. Unga 1950-yilda ishlab chiqarilgan Roadmaster modelining sig‘imi 5,2 litrga teng 8 silindrli dvigateli o‘rnatilgan.

Avtomobil 2009-yildan 2013-yilga qadar tezlik bo‘yicha XO/GCC Bonnevil klassida bir nechta rekordlarni o‘rnatgan. Bombshell Betty 2013-yilda soatiga 266,7 kilometr tezlikda harakatlanib, o‘zining eng yaxshi natijasiga erishgan. O‘tgan yili Las-Vegasdagi Barrett-Jackson auksionida avtomobil 36300 dollarga sotilgan.

Urbee 2 avtomobilining dizayni to‘liq aerodinamikaga moslashgan. Bundan tashqari, Urbee 2 Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, dunyodagi eng aerodinamik avtomobil hisoblanadi — old tomondan qarshilik koeffitsienti 0,149 ga teng.

Hali bu hammasi emas: Urbee 2 kuzov panellari 3D-printerda chiqarilgan dunyodagi birinchi avtomobil hisoblanadi.

Tango T-600 dunyodagi eng ingichka seriyali avtomobil sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan — ikki o‘rindiqli xetchbekning eni 99 santimetrga teng. Shu sababli avtomobil salonidagi o‘rindiqlar ketma-ket joylashtirilgan.

T-600’ning narxi 100 ming dollardan qimmatroq bo‘lib, 100 kilometr tezlikka 4 soniyada chiqa oladi. Maksimal tezligi soatiga 217 kilometrga teng. Akkumulyator batareyalari sabab uning og‘irligi 1430 kilogrammni tashkil etgan.

American Dream (“Amerika orzusi”) deb nomlanuvchi avtomobil dunyodagi eng uzun limuzinni yaratishni istagan Jey Orbergga tegishli. Uni qurishda 70-yillarning oxirida ishlab chiqarilgan Cadillac asosidan foydalanilgan, Orberg uni 26 ta g‘ildirakka o‘rnatib, sedanning uzunligini 30,5 metrga yetkazgan.

2012-yilda avtomobil Nyu-Yorkning Autoseum Automotive Teaching Museum muzeyi tomonidan sotib olingan. Hozirda u restavratsiyaga muhtoj.

Ushbu avtomobilga 2350 ot kuchiga ega 12 silindrli bir juft Rolls-Royce aviamotori o‘rnatilgan. U Jon Kobbning Railton Special rekordchi avtomobilini asosiy raqibi hisoblangan. XX asrning 30-yillari davomida kapitan Eyston (Thunderbolt) va Jon Kobb (Railton Special) ushbu avtomobillarda rekord o‘rnatish bo‘yicha o‘rin almashib turgan. So‘nggi rekord Railton Special’ga tegishli bo‘lib, u soatiga 594,7 kilometr tezlikda harakatlangan, Thunderbolt’ning rekordi esa soatiga 575,3 kilometrni tashkil etgan. Bugungi kunga qadar faqatgina uning bitta dvigateli saqlab qolingan — avtomobil yonib ketgan.

“Maxinatorlar” ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Edd Chayna o‘zining noodatiy avtomobillarni yaratishga bo‘lgan qiziqishi bilan mashhur. Shu sababli u eng nostandart harakatlanish vositalarini yaratib Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan. Masalan, “dunyodagi eng tezyurar hojatxona”ni aynan Edd yaratgan. U soatiga 85,6 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi.

Bundan tashqari, Eddning “eng tezkor divan” yoki “eng tez harakatlanuvchi ofis”i ham mavjud. 2006-yilda qurilgan Hot Desk soatiga 140 kilometr tezlik bilan harakatlanishga qodir.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют