» » “G‘azab kuni”: Isroilda ommaviy tartibsizliklar boshlandi (foto)

“G‘azab kuni”: Isroilda ommaviy tartibsizliklar boshlandi (foto)


Isroilda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar va huquq-tartibot xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar G‘azo sektorida, Xevronda, Shxemda va Falastinning boshqa avtonom viloyatlarida , shuningdek, Quddusning Eski shahrida sodir bo‘ldi. To‘qnashuvlar oqibatida 100 dan ortiq odam jarohat olgan. Bu haqda “Newsru”ga tayanib, Forum Daily xabar berdi.

Bir necha yuzlab yoshlar Quddusning Shxem darvozalari atrofiga to‘planib, Isroil harbiy xizmatchilari va politsiyachilariga qarata tosh va suv solingan idishlarni ota boshlagan. Politsiya matbuot xizmatining xabar berishicha, norozilik namoyishida qatnashgan uch kishi qo‘lga olingan.

To‘qnashuvlar Shuafatda ham sodir bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun maxsus vositalardan foydalanishga majbur bo‘lgan. Falastinlik manbalarning ma’lum qilishicha, to‘qnashuv oqibatida 5 yoshli bolakaning boshiga rezina o‘q tekkan.

Huquq-tartibot xodimlari Xevrondagi namoyichilarni ham tarqatib yuborish uchun rezina o‘qlar, shok-granatalar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman AQSh prezidenti Donald Trampning “Oq uy Quddusni yahudiylar davlatining poytaxti ekanligini tan oladi”, deya bildirgan so‘zlarini manmuniyat bilan qabul qilgan edi.

Shundan so‘ng, Falastinda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. 7-dekabr, payshanba kuni yangi intifada — Falastin harakati — “XAMAS” siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya chiqish qilib, “ertangi kun g‘azab va xalqimizning bosqinchilikka qarshi bosh ko‘targan kuni bo‘ladi, biz g‘alaba qozonishimizga va muqaddas yerlarimizni qaytarib olishimizga ishonamiz”, — deya murojaat yo‘lladi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют