» » Alina Kabayeva Alisher Usmonov rafiqasining Gimnastika markazi ochilishiga “oltin” ko‘ylakda keldi

Alina Kabayeva Alisher Usmonov rafiqasining Gimnastika markazi ochilishiga “oltin” ko‘ylakda keldi


Olimpiya chempioni Alina Kabayeva Podmoskovyedagi Novogorsk olimpiya qishloqchasida Irina Viner-Usmonovaning Gimnastika markazi tantanali ochilish marosimida qatnashdi, deb yozadi “MK.ru”.

Qator OAVlarda tadbirga “oltin” ko‘ylakda kelgan Kabayevaning qiyofasi muhokama mavzusiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonova Samarqandda tug‘ilgan bo‘lib, badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 1992-yildan u Moskvada yashab keladi va 2001-yildan Rossiyaning badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoasiga murabbiylik qiladi.

Uning shogirdi Alina Kabayeva esa badiiy gimnastika bilan Toshkentda shug‘ullanishni boshlagan, 1995-yildan Moskvaga ko‘chib o‘tib, sport karyerasini Irina Viner rahbarligi ostida davom ettirgan.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют