» » O‘zbekistondagi tijorat banklari 63 ta xizmat turini bepul amalga oshirishi belgilandi

O‘zbekistondagi tijorat banklari 63 ta xizmat turini bepul amalga oshirishi belgilandi


O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bank xizmatlari bo‘yicha tavsiyaviy tariflar ishlab chiqildi va mamlakat tijorat banklarining tarif siyosatlarini optimallashtirish bo‘yicha banklararo kelishuv imzolandi.

Banklararo kelishuvga asosan tijorat banklari bank xizmatlari bo‘yicha o‘rnatilgan to‘lovlarni tavsiyaviy tariflarda belgilangan miqdorlardan asossiz ravishda oshirmaslik va ortiqcha tariflar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda banklar tomonidan tasdiqlangan tariflarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish belgilandi.

Tavsiyaviy tariflarga muvofiq 187 ta xizmat turi ko‘rib chiqilib, 63 ta xizmat turi bepul amalga oshirilishi, 86 ta xizmat haqi 15 foizdan 95 foizgacha arzonlashtirilishi, shuningdek xorijiy valyutada o‘rnatilgan 7 ta xizmat haqi milliy valyutaga o‘tkazilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bepul amalga oshirilishi belgilangan xizmatlarning 29 tasi jismoniy shaxslarga, 25 tasi yuridik shaxslarga, 9 tasi esa yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hisoblanadi.

Jumladan, mijozlardan olinadigan kredit ajratish bo‘yicha 10 ta, buxgalteriya hisobini yuritish va bank hisobvaraqlari ochish bo‘yicha 12 ta, xorijiy valyutadagi xizmatlar bo‘yicha 9 ta, plastik kartalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 11 ta, jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan chakana bank xizmatlari bo‘yicha 17 ta va boshqa xizmatlar bo‘yicha 4 ta xizmat haqlari bekor qilindi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют