» » Qodirovning Facebook’dagi sahifasini chiptalar qidiruvi bo‘yicha servis egalladi

Qodirovning Facebook’dagi sahifasini chiptalar qidiruvi bo‘yicha servis egalladi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Facebook’dagi sahifasi manziliga chiptalar qidirish bo‘yicha UAN servisi akkaunti joylashtirildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Endi sahifa “Sizning sayohatingiz — bizning tashvishimiz” deb nomlanadi.

Facebook.com/rkadyrov95 sahifasiga UAN birinchi postini 24-dekabr kuni joylashtirdi, unda servis Grozniydan Berlinga chiptalarni taklif qiladi. Sahifadagi keyingi postdan Seyshel orollariga sayohat reklamasi o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari ishlashdan to‘xtadi.

Instagram va Facebook’dagi akkauntlari o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi.

Keyinroq Facebook kompaniyasi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning akkaunti bloklanishini uning AQSh sanksiyaviy ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohladi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют