“Nasaf” bugun Xavi to‘p suradigan Qatarning “As-Sadd” klubiga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadi
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Qarshining “Nasaf” klubi bugun “As-Sadd” bilan o‘ynaydi.
Qatar Yulduzlar Ligasi vitse-chempioniga qarshi o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi. Va uchrashuv Sport-TV orqali jonli namoyish etiladi.
Parallel o‘yinda Eron chempionatida yetakchi bo‘lib turgan “Persepolis” klubi Amirliklarda “Al-Vasl”ga qarshi kurash olib boradi.
Mazkur guruhda 3 ta jamoa vakillari 6 ochkodan jamg‘argan. “Nasa” Qatar klubiga qarshi Qarshida kechgan o‘yinni 1:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lib, o‘sha bellashuvda ispaniyalik legioner Xavi jamoasiga yordam bera olmagandi. Bugun esa uning maydonga tushishi ehtimoli bor.
Chempionlar Ligasi
“C” guruhi. 4-tur
13-mart, seshanba
“As-Sadd” — “Nasaf” 20:15
“Al-Vasl” — “Persepolis” 20:15
Manba: Daryo.uz