» » O‘rta Chirchiqda “KamAZ” yo‘lovchini urib yubordi. U voqea joyida vafot etgan

O‘rta Chirchiqda “KamAZ” yo‘lovchini urib yubordi. U voqea joyida vafot etgan


Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 14-mart kuni soat 01:30 larda tuman hududidan o‘tuvchi “Toshkent—Nurafshon—Ohangaron” avtomobil yo‘lining 39-kilometrida “KamAZ-353213” yuk mashinasi 1976-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yubordi. Noxush hodisa oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Baraka avto trans” MChJga tegishli “KamAZ” yuk mashinasini 1979-yilda tug‘ilgan ohangaronlik V.Sodiqov ismli fuqaro boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 13-mart kuni soat 05:30 larda “Vektra-trans Nukus” MChJga tegishli Matiz avtomobilini boshqarib ketayotgan 1994-yilda tug‘ilgan I.Maysanov 1998-yilda tug‘ilgan A.Jumaboyev boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Xabarda aytilishicha, Matiz haydovchisi va uning yonida bo‘lgan N.Yerejepov ismli boshqa bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay Yerejepov vafot egan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют