» » Temur Kapadze milliy terma jamoaning Marokashga yo‘l oladigan tarkibini e’lon qildi

Temur Kapadze milliy terma jamoaning Marokashga yo‘l oladigan tarkibini e’lon qildi


Avval xabar berilganidek, joriy yilning 23—27-mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Ikki o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun Marokashga yo‘l oladigan milliy terma jamoaning tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarkibiga mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari uchun quyidagi futbolchilar jalb qilindi:

Darvazabonlar:

Himoyachilar:

Yarim himoyachilar:

Hujumchilar:

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan yig‘inlarga kirishgan. Terma jamoa futbolchilari Toshkentdagi “Miran” mehmonxonasida joylashgan holda, “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot olib boradi. Ertaga tongda soat 09:15 da milliy terma jamoa a’zolari Istambulga uchadi. U yerda bir kun mashg‘ulot olib borib, keyin Marokashga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun milliy terma jamoa Marokashga Temur Kapadzedan tashqari yana 3 ta murabbiy bilan yo‘l olmoqda. Murabbiylar kengashidan “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov, “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze va “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют