» » Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini “Zarbdor tekstil” MChJ bilan tanishishdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini “Zarbdor tekstil” MChJ bilan tanishishdan boshladi


Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston Prezidenti dastlab Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Bu korxonani bunyod etish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti o‘tgan yili viloyatga tashrifi chog‘ida topshiriq bergan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida bo‘lganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini ta’kidlagan edi.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Zarbdor tekstil” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni to‘ldirib, eksportga ham yo‘naltiriladi.

“Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Jizzax viloyatida to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют