WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Turkiyada isyonda aybdor deb topilgan 47 harbiy umrbod qamoqqa hukm etildi
Turkiyada isyonda aybdor deb topilgan 47 harbiy umrbod qamoqqa hukm etildi
Anqara sudi 2016-yil iyulidagi to‘ntarishga aloqador 47 harbiy xizmatchi ustidan hukm o‘qidi. Ular aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, 27 kishi, shu jumladan, ikki general og‘irlashtiruvchi moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan. Shu tufayli ular og‘ir tartibli sharoitda umrbod qamoq jazosini o‘taydi.
Qolgan 20 kishiga oddiy umrbod jazosi belgilangan.
Shuningdek, sud 64 gumondorni, jumladan, 63 harbiyni aybsiz deb topib, ozod qildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?