» » Kadastr sohasi xodimlari uchun ipoteka kreditlari asosida 335 ta uy-joy quriladi

Kadastr sohasi xodimlari uchun ipoteka kreditlari asosida 335 ta uy-joy quriladi


Hukumatning 2018-yil 4-iyundagi qarori bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xodimlari uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar qurish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Dasturga muvofiq, 2018—2019-yillarda jami 335 ta uy quriladi. Xususan, qishloqlarning shaharlarga yaqin hududlarida 0,06 gektar yer maydonida namunali uy-joylar barpo etiladi. Shuningdek, arzon turdagi uy-joylar uchun 0,02 gektar hamda ikki qavatli 4 xonali uy-joylar 0,04 gektar yer maydoni ajratiladi.

“Qishloqqurilishbank” ATB va boshqa tijorat banklariga uy-joylar qurilishi uchun 3 yillik imtiyozli davrni inobatga olgan holda 15 yil muddatga ipoteka kreditlari berish tavsiya etildi.

Boshlang‘ich badal 0,06 gektar yer maydonidagi uy-joylar va 0,04 gektar yer maydonidagi arzon turdagi ikki qavatli 4 xonali uy-joylar uchun – 25 foiz, 0,02 gektar yer maydonidagi arzon uy-joylar uchun esa 15 foizni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasiga 10 kun ichida uy-joy berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish topshirilgan. Nizom Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qayta ishlash kompleksi rahbari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют