» » Andijondagi Prezident tashrif buyurgan harbiy qismda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Andijondagi Prezident tashrif buyurgan harbiy qismda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda


Andijon shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘quv yili rejasiga asosan 5 kunlik jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb etildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Harbiylar o‘zlariga biriktirilgan qurol-aslahalar bilan maydonda saf tortgan harbiy xizmatchilarga batalon komandiri tomonidan harbiy-siyosiy vaziyat, shartli dushman va uni yengish usullari yetkazildi hamda jangovar buyruq berildi. Qisqa vaqtda tayyorlangan shaxsiy tarkib 30 dan ziyod jangovar texnikalarda 120 kilometr masofaga marsh yurdi.

Dala o‘quv maydoniga yetib kelgan bo‘linmalar bilan 10 ta o‘quv joyida amaliy mashqlar tashkil etildi. Taktika, topografiya, muhandislik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, aloqa tayyorgarligi, jangovar mashinalarni boshqarish, qurollardan kunduzi va tunda o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan harbiy mashqlar harbiylarning bilim va malakasini oshirishga xizmat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют