» » Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida normativ-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida normativ-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini oliy ta’lim muassasalari jamoasiga yetkazish va targ‘ib qilish masalalari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Prezidentning 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Adliya vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi hamda psixologlar ishtirok etdi.

Konferensiyada talaba-yoshlar o‘rtasida normativ-huquqiy hujjatlarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda malakali mutaxassislarni jalb etish lozimligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Konferensiyada joriy o‘quv yilini yakunlash va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini samarali olib borilishda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют