» » Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, 9-iyul kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey tashqi ishlar vazirining iste’fosini qabul qilgan. Bosh vazir Boris Jonsonga faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan. Yangi vazir kim bo‘lishi haqida yaqin vaqt ichida xabar berilishi kutilmoqda.

Jonsonning iste’fosi bir sutka ichidagi ikkinchi iste’fo bo‘ldi. Bir kun avval Brexit masalalari bo‘yicha vazir Devid Devis iste’foga chiqqan.

Ikkala iste’fo ham so‘nggi kunlarda hukumatda Brexit’ga yondashuv yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar bilan bog‘liq.

Jonson va Devis Tereza Mey hukumatining asosiy vazirlaridan edi, ular “qattiq Brexit” tarafdorlari bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют