» » Ko‘mirda pishirilgan ovqat salomatlik uchun xavfli bo‘lib chiqdi

Ko‘mirda pishirilgan ovqat salomatlik uchun xavfli bo‘lib chiqdi


Oksford universiteti olimlari ko‘mirda pishirilgan ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish yurak-tomir kasalliklaridan barvaqt o‘lish xavfini oshirishini aniqladi, deya xabar bermoqda EurekAlert!.

Tadqiqotda 30—79 yoshdagi 341 730 nafar xitoylik qatnashdi. Ko‘ngillilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ular haftasiga necha marta ovqat pishirishi va buning uchun qanday yoqilg‘idan foydalanishini ma’lum qildi.

Ularning 22,5 foizi ovqat tayyorlash uchun qattiq yoqilg‘idan so‘nggi 30 yildan buyon, 24,6 foizi — 10—29 yil davomida, 53 foizi esa — o‘n yildan kam vaqtdan buyon yoki hech qachon foydalanmagan.

Kuzatish davroda yurak-tomir kasalliklari tufayli 8304 kishi vafot etdi. Bunda doimiy ravishda ko‘mirda ovqat pishirilgan har bir o‘n yillik o‘lim xavfining 3 foizga oshishi bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.

Olimlar qayd etishicha, ovqat pishirishda elektr toki yoki gazdan foydalanish yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют