» » Suyaklarni mustahkamlovchi 5 ta muhim mahsulot 

Suyaklarni mustahkamlovchi 5 ta muhim mahsulot 


Suyaklar sog‘lom bo‘lishi uchun tarkibida kalsiy moddasi bo‘lgan ovqatlar yeyish zarurligi bizga bolalikdan ma’lum. Lekin, suyaklar mustahkamligi faqat kalsiy moddasigagina bog‘liq emas. Bu maqolamizda suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi 5 ta eng foydali mahsulotlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Sardina baliqlari tarkibidagi sog‘lom omega-3 yog‘lari suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, bu baliq tarkibida kalsiy moddasining organizm uchun foydali xususiyatlarini oshiruvchi D vitamini ham mavjud.

Yashil bargli sabzavotlar, shu jumladan ismaloq ham kalsiyning tabiiy manbasi hisoblanadi. Ismaloq tarkibida aynan suyak uchun foydali bo‘lgan ozuqa moddalar – magniy, K vitamini, С vitamini va fitonutriyentlar mavjud.

Yong‘oqlar guruhiga kiruvchi pista, bodom va yong‘oqlar suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi katta miqdorda magniy, kalsiy, omega-3 yog‘lari va B6 vitaminlaridan tashkil topgan.

Suyaklar uchun muhim hisoblanuvchi kalsiy va D vitaminlari manbalaridan yana biri tovuq tuxumidir.

Qora olxo‘ri qoqi tarkibida yosh o‘tishi bilan organizmda yuz beradigan suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiruvchi antioksidantlarning bir turi – polifenollar mavjud.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 21:14)
-1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют